Sizni o’z uyingizdagi narsalar sizni maftun qilishi va uni ko'proq sevishga yordam berishi kerak. Travertin- uyda sanoqsiz usulda ishlatilishi mumkin bo'lgan materiallardan birirdir va shunga qaramasdan u ajoyib ko’rinadi. Travertin plitka sizning uyingizni qanday bezab turishidan hayron qolasiz. Ko'p insonlar bu toshni faqat pol uchun ishlatiladi deb o’ylaydi, lekin unday emas. Bu hashamatli toshni interyerda qo'llash usullariga qarang.
1. Xona uchun to'g'ri travertinni tanlang.
Travertin odatda marmar yoki ohaktosh deb o’ylab yanglishadi, biroq aslida u qoyaning cho'kindi jinslarining shakllaridan biridir, har qanday tabiiy toshga mos keladigan chiroyli nursiz qoplamaga ega. To'g'ri travertinni tanlashda, professionallardan tavsiya qiladigan turli xil ranglar va boshqa xarakteristikalar haqida so'rang. Tovertindan devor va stoleshnitsalar uchun kichik mozaik plitkalardan katta plitalarga qadar bajarish mumkin ekanligi sizni hayron qoldiradi
2. Asosiy dahlizda travertinli pol
Asosiy foyega hashamat qo'shishni istagan bo'lsangiz, travertin tashqari barcha variantlarni chetga tashlang. travertin o’zining notekkisligi va nuqtaligi bilan mashhur, an'anaviy shuningdek zamonaviy uylarda ham ajoyib ko'rinadi. Siz travertindan mozaika yoki katta plitkalar yaratishingiz mumkin. Pol uchun qishloqcha, ammo ayni vaqtda nazokatli uslubni yaratadigan materiallar unchalik ko’p emas.
3. Katta o’lchamdagi travertin interyerni drama bilan to'ldiradi
Hammomda katta va yorqin narsani yoqtirsangiz, nima uchun katta plitka travertinni sinab ko'rmaysiz? Tabiiy tomirlari bilan travertin plitalar ko’rininshida sotiladi va uning go'zalligi yanada sezilarli bo’ladi, chunki ularning har biri betakror, tabiat tomonidan yaratilgan. Agar siz xonaning faqat ma'lum bir qismida travertindan foydalanmoqchi bo'lsangiz
dushxonani, kiyinish stoli ortidagi fartukni tanlang.
4. Uslub tabiatdan olingan
Travertin- qadimiy material, u dunyodagi eng hashamatli binolar uchun ishlatilgan. Tarixiy ildizlariga qaramasdan, bugungi kunda undan eng glamur va zamonaviy uylarda ham qo'llashadi. Sizning uyingizga qanday travertin uslubi mosligini aniqlang. Tanlov juda katta: minimalizm uslubidagi fartuk uchun zamonaviy va seksual turidan qirralari bor an'anaviygacha ... Va bu hali hammasi emas ...